Asosiy

YASHIL BOZOR MAXFIYLIK SIYOSATI

Nashr sanasi: 23.09.2025

Amal qilish hududi: O‘zbekiston Respublikasi

1. Kirish

1.1. Ushbu Maxfiylik bayonoti (bundan buyon — Nizom) "YASHIL E-COMMERCE" mas'uliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon — Jamiyat) tomonidan boshqariladigan Yashil Bozor elektron savdo platformasi — veb-sayt va kelgusida mobil ilovalar (bundan buyon — Platforma) foydalanuvchilarining shaxsga doir va boshqa maxfiy ma'lumotlarini himoya qilish maqsadida ishlab chiqilgan.

1.2. Nizom Platformadan foydalanish jarayonida Jamiyat tomonidan Xaridor, Sotuvchi, Hamkor va boshqa foydalanuvchilar to'g'risida olinadigan barcha ma'lumotlarga nisbatan tatbiq etiladi.

1.3. Platformadan foydalanish, ro'yxatdan o'tish, buyurtma berish yoki shaxsiy ma'lumotlarni taqdim etish orqali foydalanuvchi ushbu Nizom shartlariga to'liq va so'zsiz rozilik bildiradi.

2. Atamalar va ta'riflar

Platforma — https://yashil-bozor.uz domenida joylashgan elektron savdo va xizmatlar tizimi.

Shaxsga doir ma'lumotlar (SHM) — muayyan jismoniy shaxsni aniqlash imkonini beruvchi har qanday axborot.

Maxfiy axborot — shaxsiy ma'lumotlar, tijorat siri, texnik loglar, moliyaviy va identifikatsion ma'lumotlar.

Xaridor — Platforma orqali tovar yoki xizmat sotib oluvchi jismoniy shaxs.

Sotuvchi — Platformada ro'yxatdan o'tgan yuridik shaxs, YTT yoki o'zini o'zi band qilgan shaxs.

Qayta ishlash — yig'ish, saqlash, tizimlashtirish, uzatish, o'zgartirish, bloklash va yo'q qilish.

Transchegaraviy uzatish — ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga uzatish.

3. Tartibga solish predmeti

3.1. Nizom Jamiyat tomonidan Platforma orqali: buyurtmalarni qayta ishlash, to'lovlarni tashkil etish, yetkazib berishni muvofiqlashtirish, texnik va analitik xizmatlar ko'rsatish jarayonida olinadigan barcha ma'lumotlarga nisbatan amal qiladi.

3.2. Foydalanuvchi shaxsiy ma'lumotlarini ixtiyoriy ravishda taqdim etadi, biroq ayrim funksiyalar (buyurtma, to'lov, yetkazib berish) ma'lumotlarsiz ishlamasligi mumkin.

4. Qayta ishlanadigan ma'lumotlar tarkibi

4.1. Xaridor ma'lumotlari: F.I.O., Telefon raqami, Elektron pochta (agar mavjud bo'lsa), Yetkazib berish manzili, Buyurtmalar tarixi.

4.2. Sotuvchi ma'lumotlari: Yuridik nomi, STIR / PINFL, Bank rekvizitlari, Aloqa ma'lumotlari, Vakil shaxs ma'lumotlari.

4.3. Texnik va avtomatik ma'lumotlar: IP-manzil, Qurilma turi, Brauzer va OS, Cookie va loglar, Buyurtma holatlari.

5. Cookies va analitika

5.1. Platforma cookies va shunga o'xshash texnologiyalardan foydalanadi: funksional ishlash, xavfsizlik, statistika va UX yaxshilash maqsadida.

5.2. Foydalanuvchi cookies'ni brauzer sozlamalari orqali cheklashi mumkin, ammo bu Platforma ishlashiga ta'sir qilishi mumkin.

6. Qayta ishlash maqsadlari

Jamiyat ma'lumotlarni quyidagi maqsadlarda qayta ishlaydi: buyurtmalarni qabul qilish va bajarish; to'lovlarni tashkil etish; foydalanuvchi bilan aloqa; firibgarlikning oldini olish; qonunchilik talablarini bajarish; servis va funksionallikni rivojlantirish.

7. Transchegaraviy uzatish

7.1. Texnik infratuzilma, hosting yoki analitik servislar sababli ma'lumotlar xorijiy serverlarga uzatilishi mumkin.

7.2. Bunday uzatish faqat: qonuniy asosda, xavfsizlik choralarini saqlagan holda amalga oshiriladi.

8. Saqlash va himoya choralari

Jamiyat quyidagi choralarni ko'radi: ma'lumotlarga kirishni cheklash; shifrlash; monitoring va loglash; ruxsatsiz kirishni aniqlash; ichki siyosatlar va texnik himoya.

9. Foydalanuvchi huquqlari

Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega: o'z ma'lumotlarini ko'rish va tahrirlash; ma'lumotlarni o'chirishni talab qilish; rozilikni qaytarib olish; vakolatli organlarga murojaat qilish.

10. Yakuniy qoidalar

10.1. Jamiyat ushbu Nizomga istalgan vaqtda o'zgartirish kiritish huquqiga ega.

10.2. Yangilangan versiya Platformada e'lon qilingan paytdan kuchga kiradi.

10.3. Nizom o'zbek va rus tillarida tuziladi, ikkala matn teng yuridik kuchga ega.

Jamiyat rekvizitlari

Nomi: "YASHIL E-COMMERCE" MCHJ STIR: 312188828 Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Iftixor MFY, Iftixor ko'chasi, 1-uy Direktor: Mamadjonov Avazbek Tolibjon o'g'li Bank: HAMKORBANK ATB Hisob raqam: 20208000907253069001

    Katalog

    Instagram
    Telegram
    YouTube
    Linkedin

    © Yashil Bozor 2026 | Barcha huquqlar himoyalangan.